“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne faoliyatini MLS’da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Jeremi Krossning xabariga ko’ra, belgiyalik futbolchiga “Inter Mayami” qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati asosiy transfer maqsadi sifatida De Bruyneni tanlagan. Muzokaralar yanvar oyida boshlanishi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq futbolchiga Kataloniyaning “Barselona” klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 11 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.