Og’ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Kevin Lerena og’ir vaznda sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderni jangga chorladi.
“Men har doim Uaylder bilan jang qilishni xohlaganman. U uzoq vaqt davomida eng xavfli zarbachilardan biri edi. Men uni juda hurmat qilaman, lekin endi bu mening vaqtim.
Ha, bilaman, u Parker va Jileyga nisbatan ta’sirchan ko’rinmasligi mumkin, ammo bu boks va bu og’ir vazn toifasi. Bu sodir bo’ladi, lekin u o’sha xavfli zarba sohibi bo’lib qolaveradi”, – deydi Lerena.
Eslatib o’tamiz, Uaylder o’zining so’nggi janggini joriy yilning iyun oyida Chjan Jileyga qarshi o’tkazgan va beshinchi raundda texnik nokaut evaziga mag’lub bo’lgan.