Italiyalik mutaxassis Jan Pyero Gasperini rasman “Roma” murabbiyiga aylandi. Bu haqda “bo’rilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, rimliklar 67 yoshli mutaxassis bilan 2028-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
“Klubga xush kelibsiz, janob!”, – deyiladi “Roma” bayonotida.
Eslatib o’tamiz, Gasperini bundan avval “Atalanta”ni boshqargan edi. Uning qo’l ostida Bergamo klubi barcha turnirlarda 439 ta o’yin o’tkazib, 228 ta g’alaba, 101 ta durang va 110 ta mag’lubiyat qayd etgan.