“Manchester Siti”ning 33 yoshli yarim himoyachisi Kevin De Bruyne jamoasini o’zgartirishga qaror qildi. Bu haqda El Gol Digital xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, belgiyalik futbolchi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Hozirda unga Saudiya klublaridan qiziqishlar bor, biroq De Bruynening o’zi Yevropada qolmoqchi.
“Barselona” esa bundan unumli foydalanib qolmoqchi va uni kelasi yilning yozida o’z safiga qo’shib olmoqchi. Futbolchining o’zi ham Xans-Diter Flik bilan ishlashdan manfaatdor.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 11 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.