“Roma” sport direktori Florent Gisolfi jamoa hujumchisi Paulo Dibala bo’yicha takliflarni ko’rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o’tamiz, 31 yoshli forvardning rimliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.
“Pauloga kelsak, biz uning jamoa uchun qanchalik muhimligini bilamiz. Agar aniq bir taklif paydo bo’lsa, biz uni ko’rib chiqamiz. Biroq, hozirda hech qanday takliflar yo’q”, – deydi Gisolfi.
Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum barcha turnirlarda 18 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.