“Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema klub rahbariyatiga murojaat qildi.
Ben Jeykobsning xabariga ko’ra, fransiyalik forvard klubdan Sadio Mane bilan shartnoma imzolashni so’ragan. Benzemaning fikricha, Mane bilan jamoaning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashish imkoniyati ko’proq bo’ladi.
Qayd etilishicha, “Al-Ittihod” va “Al-Nasr” o’rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Mane ijaraga yoki to’liq transfer qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sadio o’tgan yozda “Bavariya”dan “Al-Nasr” safiga borib qo’shilgandi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.