“Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh 2025-yilning yozida PSJ’ga o’tishi mumkin.
L’Équipe xabariga ko’ra, misrlik futbolchi Parijga ko’chib o’tishga rozi bo’lgan. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi.
Avvalroq, matbuotda parijliklar Salohga bonuslar bilan yiliga 40 million yevro to’lashga tayyor ekani, bu esa uni Yevropaning eng ko’p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.