Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Vinisius Juniordan 10-raqam olib qo’yilishi haqida gapirdi.
“Vinisiusning 10-raqami? Bu raqam Braziliya uchun katta ahamiyatga ega. Bu boshqa o’yinchiga o’tishi mumkin, chunki jamoamizda uni kiyishga loyiq futbolchilar yetarlicha topiladi”, – deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 55 ta o’yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 170 million yevroga baholanmoqda.