Og’ir vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC kamari sohibi britaniyalik Dillian Ueyt kimga qarshi jang qilishni xohlashini aytdi.
“Men allaqachon Aleksandr Povetkindan qasos olganman, endi esa Entoni Joshua va Tayson Fyuridan qasos olishni istardim.
Derek Chisora – qiziqarli shaxs, u bilan nima sodir bo’lishini hech qachon bilmaysiz. Hamma narsa bo’lishi mumkin, men tayyorman”, – deydi Ueyt.
Ma’lumot uchun, Dillian Ueyt o’zining navbatdagi janggini 15-dekabr kuni Ebenezer Tettega qarshi o’tkazadi.
