Ayollar o’rtasida Ispaniya chempionatining 23-turida “Real Madrid” “Barselona” bilan bahs olib bordi va o’z tarixida ilk bor kataloniyaliklar ustidan g’alaba qozondi (3:1).
Ushbu o’yingacha ikkila jamoa 18 bor to’qnash kelgan va ularning barchasida “ko’k-anorranglilar” g’alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, ayollar o’rtasidagi La Liga turnir jadvalida “Barselona” 63 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa 59 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.