Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario o’zining sobiq jamoadoshi Deyn Tomas Gravesenni u bilan birga o’ynagan eng yomon futbolchi deb atadi.
“Gravesen juda zo’r yigit va yaxshi inson edi. Lekin u futbolni juda qo’pol o’ynardi va futbolchilarning oyoqlariga qattiq zarba berardi”, – deydi Ronaldo.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi faoliyati davomida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians” kabi jamoalarda o’ynagan.