Milanning “Inter” klubi prezidenti Juzeppe Marotta 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar qatoriga Lautaro Martinesning kiritilmagani uchun FIFA’ni tanqid qildi.
“Lautaro Martinesning ajoyib mavsumdan so’ng FIFA talqini bo’yicha yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasiga kiritilmagani ajablanarli.
Uning ajoyib o’yinlari “Inter”ning tarixiy bosqichga ko’tarilishiga va Argentinaning Amerika Kubogida g’alaba qozonishiga hissa qo’shdi. Lautaro ko’proq hurmat va e’tirofga loyiq.
Ko’rinib turibdiki, nafaqat raqamlar va muvaffaqiyatlar, balki hal qiluvchi o’yinlarda futbolchining ta’siri ham e’tirofga olinmaydi. Bu salbiy signaldir. Yaxshi o’yin ko’rsatgan futbolchilar taqdirlanishi kerak.
Biz kelajakda Lautaro kabi maydonda porlayotganlar uchun adolatli e’tirof bo’lishiga umid qilib qolamiz”, – deya Marottaning so’zlarini keltiradi AS.