“Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford “Aston Villa”ga o’tishga yaqin turibdi. Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, tomonlar joriy mavsum oxirigacha ijara shartnomasini tuzadi.
Qayd etilishicha, “Aston Villa” Jon Dyuranni “Al-Nasr” klubiga sotganidan so’ng uning o’rnini Reshford bilan to’ldirmoqchi.
Eslatib o’tamiz, angliyalik futbolchi MYU’ning so’nggi 12 ta o’yinida ishtirok etmagan. Mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim Reshford mashg’ulotlarda bor kuchini bermayotganini alohida ta’kidlagan.