Ertaga O’zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatarga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ham ishtirok etib, o’yin haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Avvalo, barchani tarixiy natija – Jahon chempionati yo’llanmasi bilan tabriklayman. Qiziqarli uchrashuv bizni kutmoqda. Chiroyli o’yin ko’rsatib, g’alaba qozonish va muxlislarimizni xursand qilish niyatidamiz.
Mundialga chiqqanimiz va qanday natija qayd etganimizni tushunib turibmiz, lekin hozir bor e’tiborimiz Qatarga qarshi bahsga qaratilgan. Nasib qilsa, ertangi g’alaba va mundial yo’llanmasini muxlislarimiz bilar birga nishonlamoqchimiz”, – deydi Shomurodov.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qatar o’rtasidagi bahs ertaga, 10-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.