“Manchester Yunayted” Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Aiden Xeyven bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda mankunianliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar 2029-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan, shuningdek, bitim yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Xeyven darhol “Manchester Yunayted”ning asosiy jamoasiga qo’shiladi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 15 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 300 ming yevroga baholanmoqda.