“Napoli”ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya shu hafta o’rtalarida PSJ’ga o’tishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, bugun tomonlar o’rtasida muzokaralarning hal qiluvchi bosqichi o’tkazilishi kerak.
Qayd etilishicha, agar kelishuv amalga oshsa, Xvicha hafta o’rtalarida tibbiy ko’rikdan o’tish uchun Parijga yetib boradi.
Ma’lumot uchun, Kvaratsxeliya joriy mavsum klub safida jami 18 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.