“Napoli” klubi hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Il Mattino xabariga ko’ra, gruziyalik vinger neapolliklar bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo’lgan.
Manbaga ko’ra, muzokaralar davomida tomonlar bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilgacha mo’ljallangan yangi bitimni kelishib olgan. Futbolchining maoshi yiliga 5 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Xvichaning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.