Yaqinda Saudiyaning “Al-Hilol” klubidan “Santos”ga ko’chib o’tgan Neymar Braziliya klubi safida debyutini o’tkazdi.
Paulista Ligasi doirasidan o’rin olgan bahsda “Santos” “Botafogo” bilan bahs olib bordi va yakunda 1:1 hisobi qayd etildi.
Braziliyalik yulduz ikkinchi bo’lim boshida maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Eslatib o’tamiz, Neymar 12 yildan so’ng yana “Santos”ga qaytdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.