O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida “Roma”ni tark etmaydi.
Hujumchiga bir qator jamoalardan qiziqishlar bo’lgandi, biroq rimliklar Eldorni na ijaraga, na transfer qilishga qaror qildi. Klub va Shomurodovning atrofidagilar futbolchining qolishiga kelishib olishdi.
Qayd etilishicha, qaror kecha ertalab qabul qilingan va hamyurtimiz mavsum oxirigacha “bo’rilar” safida qolishi aytilgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri Shomurodovga ishonch bildirishini va uni qo’yib yubormasligini ma’lum qilgandi.