Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Relevo nashri xabariga ko’ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchi kamida yana bir mavsum o’ynash niyatida. Shunday so’ng faoliyatini yakunlash haqida o’ylab ko’rmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, Modrich “Real”dan yangi shartnoma taklifini kutmoqda. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yozda yakuniga yetadi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq OAV’da “Real” Modrichning yoshiga kattaligiga qaramay, uning o’yinidan mamnun ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. Hozirda “Qirollik klubi” xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish variantini ko’rib chiqmoqda.