Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Messining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Haqiqat shundaki, men buni muhim savol deb o’ylamayman.
Leoning o’zi nima yaxshi ekanini biladi va biz unga kerakli vaqtda qaror qabul qilishiga imkon berishimiz kerak”, – deydi Skaloni.
Eslatib o’tamiz, Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan so’nggi ikki yirik turnirda g’alaba qozongan. Jamoa Qatarda bo’lib o’tgan JCh-2022 va 2024-yilgi Amerika kubogida g’olib chiqqan.