“Real” klubining fransiyalik tayanch yarim himoyachisi Aurelian Tchuameni PSJ qiziqishlari doirasiga kirdi. Bu haqda Ispaniyaning Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi 25 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Madrid klubi futbolchiga 2022-yilda “Monako”ga to‘langan 80 million yevro narx qo‘ygan. Transfermarkt ham futbolchiga shuncha qiymat bergan.
Ma’lumot uchun, Tchuameni joriy mavsum klub safida jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.