Yarim og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra WBA, WBO va WBC kamalari sohibi Aleksandr Usik bilan jang o’tkazish istagini bildirdi.
“Men chempionman va chempion bilan jang qilmoqchiman. Aleksandr Usik… Menimcha, bu ajoyib jang bo’lardi. Men boksni yaxshi ko’raman.
Ba’zilar “Agar toza boks bo’lsa, yutqazib qo’yasan”, deyishadi. Toza boks haqida gapirsangiz, o’zimni juda yaxshi his qilaman. Men bu yigitlar bilan jang qila olaman deb o’ylayman. Men allaqachon tajribali jangchilar bilan sparring qildim”, – deydi Pereyra.
Ma’lumot uchun, Aleks Pereyra professional MMA’da 14 ta jang o’tkazgan va ularning 12 tasida g’alaba qozongan, 2 ta jangda mag’lub bo’lgan.
