UFC rahbari Dana Uayt promoushen tarixidagi eng yaxshi to’rt nafar jangchi nomini e’lon qildi.
Uaytning fikricha, Jon Jons, Ronda Rouzi, Jorj Sent-Pyer va Konor MakGregorlar bu nomga munosib deb topilgan.
“Konor butun dunyo bo’ylab MMA’ga bo’lgan qarashni o’zgartirdi”, – deydi Uayt.
Eslatib o’tamiz, Konor MakGregor 2018-yilning oktyabr oyida bo’lib o’tgan shov-shuvli jangda Xabib Nurmagomedovga mag’lub bo’lgandi.
Dana esa Xabibni eng buyuk jangchilar ro’yxatiga kiritmadi.