O’zbekiston UFC jangchisi Ramazon Temirov AQSh’ning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko’tarilib, Charlz Jonsonni ochkolar hisobiga ko’ra mag’lub etdi.
Temirov ushbu g’alabasidan jami 40 ming dollar ishlab oldi: 18 ming dollar jang uchun, 18 ming dollar g’alaba uchun, 4 ming dollar homiylardan.
Ma’lumot uchun, Charlz Jonson mag’lubiyatga uchraganiga qaramay Ramazondan uch baravar ko’proq, ya’ni, 120 ming dollar ishlab oldi.