Los-Anjelosda tashkil etilgan UFC 311 turniri yakunlariga ko’ra, yangilangan reyting e’lon qilindi.
Unga ko’ra, yarim og’ir vazn toifasida jang qiladigan vakilimiz Bogdan Guskov o’tgan haftadagi kabi 13-o’rinda qoldi.
Eslatib o’tamiz, Guskov UFC 311 turnirida Billi Elekanani muddatidan avval mag’lub etgandi. Hamyurtimiz g’alabasiga qaramay, raqib debyutant jangchi bo’lgani uchun mazkur reytingda o’zgarish bo’lmadi.