UEFA Yevropa Ligasi umumiy bosqichi o’z yakuniga yetdi. Italiyaning “Roma” klubi o’z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g’alaba qozondi va pley-off yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan o’yinga qo’shildi va ikki daqiqadan so’ng jamoasining g’alaba goliga mualliflik qildi.
Umumiy bosqich yakunlariga ko’ra, 1-8-o’rinni egallagan jamoalar to’g’ridan-to’g’ri 1/8 finalga yo’l oldi. 9-24-o’rindagi jamoalar esa pley-offda ishtirok etadi. 25-36-o’rinni egallaganlar esa turnir bilan xayrlashadi.

Yevropa Ligasi | 8-tur
“Roma” 2:0 “Ayntraxt”
Gollar: Anxelino 44′, Shomurodov 69′.