Yarim o’rta vazn toifasida o’zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro’ziboyev o’zining navbatdagi jangiga ishora qildi.
Hamyurtimiz o’zining Instagram sahifasida quyidagicha post qoldirdi.

“Tez orada jang yangiliklari bo’ladi”, – deydi Ro’ziboyev.
Eslatib o’tamiz, “Black” o’zining so’nggi janggini fevral oyida bo’lib o’tgan UFC Fight Night turnirida Erik MakKonikoga qarshi o’tkazgan va ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratgan.