Dortmundning “Borussiya” klubi sport direktori Lars Rikken jamoaga yangi bosh murabbiy, xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovach tayinlanganini e’lon qildi.
“Biz Niko Kovach bilan prinspial kelishuvga erishdik. U yakshanba kuni jamoada rasman ish boshlaydi”, – deydi Rikken.
Eslatib o’tamiz, 21-yanvar kuni Nuri Shahin “Borussiya” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgandi.
Ma’lumot uchun, Niko Kovachning so’nggi ish joyi “Volfsburg” edi. Mutaxassis avvalroq “Monako” “Bavariya” va “Aynyraxt” kabi grand jamoalarni ham boshqargan.