Bugun Superliga ikkinchi davra bahslari oldidan transferlar oynasi yopildi va klublar jamoaga yangi qoʻshilganlarning nomini eʼlon qilmoqda. “Lokomotiv” klubi ikkinchi davraga jiddiy kirishgan koʻrinadi. “Temiryoʻlchilar” oʻz tarkibini mahalliy va legioner futbolchilar bilan kuchaytirib oldi. Bu transferlar qanchalik oʻzini oqlashini esa vaqt koʻrsatadi. “Lokomotiv”ga jalb etilgan 10 nafar yangi futbolchi bilan tanishing:
Dilshod Jo‘rayev;
Valeriy Kichin;
Mixail Gashenkov;
Rustam Xolnazarov;
Konstantin Bazelyuk;
Shodiyor Shodiboyev;
Ozodbek O‘ktamov;
Ozod Sharipov;
Firdavs Hamidullayev;
Ravshan Abdumannonov.
Bundan tashqari, “Olimpik” jamoasiga ijara berilgan Temur Mamasiddiqov ham mavsumni “Lokomotiv” bilan davom ettiradi.