UEFA matbuot xizmati Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko’ra, ushbu sovrin uchun Antuan Grizman (“Atletiko”), Usmon Dembele (PSJ), Lautaro Martines (“Inter”) va Morgan Rojers (“Aston Villa”) kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, Grizman “Zalsburg”ga qarshi o’yinda (4:1) dubl qayd etdi. Dembele “Shtutgart”ga (4:1), Martines “Monako”ga (3:0), Rojers esa “Seltik”ka (4:2) qarshi o’yinda 3 tadan gol urishdi.
Ushbu havola orqali haftaning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berishingiz mumkin.