Madridning “Real” klubi qishki transferlar oynasida “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olish fikridan voz kechdi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, angliyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida “Qirollik klubi”ga o’tadi, joriy mavsumning ikkinchi yarmida esa Karlo Anchelotti himoya chizig’iga Federiko Valverde, Lukas Vaskes va Raul Asensiodan birini tanlashi kerak bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, Trent “Liverpul” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.