O’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Shon Striklend Hamzat Chimayevga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
“Chimayev jang qila oladimi? Ha, u qanday kurashishni biladi, lekin u erkak emas. Men u erkak emasligini bilaman. Uning erkak emasligini butun dunyo biladi. Meni u bilan ishim tugagach, u yana kripto firibgarligiga qaytadi”, – deydi Striklend.
Eslatib o’tamiz, Shon Striklend 8-fevral kuni Avstraliyada bo’lib o’tadigan UFC 312 turniri doirasida amaldagi chempion Drikus dyu Plessiga qarshi oktagonga ko’tariladi. G’olib kelajakda Chimayevga qarshi jang qilishi kutilmoqda.