Elit Chempionlar ligasi 5-turida Saudiyaning “An-Nasr” hamda Qatarning “Al-Garafa” klublari o’zaro to’qnash keldi va yakunda riyodliklar 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
“An-Nasr” tarkibida Krishtianu Ronaldu dubl muallifiga aylandi. Bu Ronalduning 30 yoshidan so’ng urgan 450-goli edi.
Bundan tashqari, Krishtianu gol urish bo’yicha o’zining jahon rekordini ham yangilab oldi (913).
Eslatib o’tamiz, Ronalduning “An-Nasr” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.