“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso Bundesliganing 2-turida “Leypsig”dan uchralgan mag’lubiyat haqida gapirdi (2:3).
Eslatib o’tamiz, “Bayer” 2023-yilning may oyidan beri ilk bor Bundesligada mag’lub bo’ldi. Amaldagi chempion 35 ta uchrashuvdan buyon mag’lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.
“Achinarli holat. Menimcha, “Bayer” mag’lubiyatga loyiq emas edi. Birinchi bo’limni yaxshi o’tkazdik. Biz bundan xursand edik va ikkinchi bo’limda muvaffaqiyatimizni mustahkamlashni xohladik.
Ammo keyin biz nazoratni qo’ldan chiqardik va “Leypsig”ga juda ko’p vaziyatlarni boy berdik. Orqa chiziqda yaxshi harakat qilmadik. Albatta, bu xatolardan saboq chiqaramiz. Biz hali mavsum boshidamiz”, – deydi Alonso.
Ma’lumot uchun, Bundesligada eng uzun mag’lubiyatsiz seriya rekordi “Bavariya”ga tegishli. Myunxenliklar ketma-ket 53 ta o’yinda mag’lub bo’lmagan Germaniya chempionatidagi yagona jamoa hisoblanadi.