Rimning “Roma” klubi “Atalanta” darvozaboni Perluiji Gollinini o’z safiga qo’shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, 29 yoshli darvozabon “bo’rilar” bilan 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Gollini joriy mavsumning birinchi qismini “Jenoa”da ijarada o’tkazib, A Seriyaning 7 ta o’yinida 15 ta gol o’tkazib yubordi.