Germaniya terma jamoasi va “Leypsig” klubi chap qanot himoyachisi David Raum faoliyatini APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Manchester Yunayted” germaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning o’zining transferlar ro’yxatiga qo’shgan.
Qayd etilishicha, Raum bosh murabbiy Ruben Amorimning o’yin uslubiga to’la mos keladi.
Ma’lumot uchun, Roum joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta o’yin o’tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.