“Atalanta” hujumchisi Ademola Lukman kelasi yozda jamoasini tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 27 yoshli futbolchiga “Arsenal” va “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikkala da’vogar ham ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Shuningdek, Lukmanni “Chelsi” va ”Manchester Yunayted” ham kuzatib bormoqda. “Atalanta” esa o’z futbolchisini 60-65 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Ademola 2022-yildan buyon “Atalanta” safida o’ynab kelmoqda. U joriy mavsum 29 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.