Butunjahon boks kengashi (WBC) Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o’rtasidagi revansh janggi g’olibi uchun majburiy davogarni e’lon qildi.
Eslatib o’tamiz, Beterbiyev va Bivol 22-fevral kuni Ar-Riyodda bo’lib o’tadigan boks oqshomida yarim og’ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko’tarilishadi.
“WBC yo’nalishi bo’yicha vaqtinchalik jahon chempioni Devid Benavides 1-fevral kuni Devid Morrellga qarshi jang o’tkazadi. Jang g’olibi Beterbiyev – Bivol revansh janggi g’olibiga qarshi WBC uchun majburiy davogarga aylanadi”, – deyiladi tashkilot bayonotida.
Ma’lumot uchun, o’tgan yilning oktyabr oyida Artur Beterbiyev Dmitriy Bivolni hakamlar qarori bilan mag’lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.