“Inter” klubi darvozaboni Yan Zommer Shvetsariya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
“Men juda ko’p o’yladim va shu qarorga keldim. 12 yil davomida yurtim sharafini munosib himoya qilish men uchun sharaf edi.
Ko’p unutilmas lahzalar, g’alabalar va hayajonli o’yinlarni g’urur bilan eslayman, shuningdek, birgalikda yengib o’tgan qiyinchiliklarni ham unutmayman.
Jahon va Yevropa chempionatlarining final bosqichida o’ynash imkoniyatiga ega bo’ldim. U yerda to’rt marta 1/8 finalga chiqdik va ikki marta chorak finalda o’ynadik.
Bu xotiralarning barchasi meni qalbimda abadiy qoladi”, – deya Zommerning so’zlarini keltiradi Shvetsariya futbol assotsiatsiyasi.