Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde qishki transferlar oynasida jamoasini tark etishi mumkin.
Diario Sport xabariga ko’ra, 25 yoshli futbolchiga Londonning “Chelsi” klubi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko’ra, transfer summasi 60 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kunde 2022-yildan buyon “Barselona” safida o’ynab kelmoqda. Fransiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 5 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.