Madridning “Real” klubi doimiy jarohatlar sabab zaiflashib qolgan himoya chizig’ini yozgi transferlar oynasida kuchaytirmoqchi.
RMC Sport xabariga ko’ra, “qaymoqranglilar” “Arsenal” markaziy himoyachisi Uilyam Salibaga qiziqish bildirmoqda va kelasi yozda uni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, agar ushbu transfer amalga oshsa, fransiyalik futbolchi tarixdagi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Salibaning “kanonirlar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 80 million yevroga baholanmoqda.