Londonning “Chelsi” Qozog’istonning “Qayrat” klubi 16 yoshli hujumchisi Dastan Satpayev bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “aristokratlar” transfer uchun “Qayrat”ga 4 million yevro + bonuslar to’laydi, bu Qozog’iston chempionati uchun rekord shartnoma hisoblanadi.
Qayd etilishicha, yosh iste’dod egasi 18 yoshga to’lgunga qadar o’z vatanida qoladi, keyin esa bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Satpayev joriy mavsum UEFA Yoshlar ligasida “Qayrat” safida 4 ta o’yin o’tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.