Yarim o’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachevning chempionlik janglari haqida fikr bildirdi.
“Biz Islamning haqiqiy raqib bilan jang qilganini ko’rmayapmiz. Har safar jang belgilanganda, kimdir chiqib ketadi, so’ng o’rniga boshqa kimdir keladi. Islam chempion bo’lganidan beri birinchi raqamli davogar bilan jang qilgani yo’q”, – deydi Usman.
Eslatib o’tamiz, Maxachev o’zining so’nggi titul himoyasini UFC 311 turnirida Renato Moykanoga qarshi o’tkazdi va birinchi raunddayoq bo’g’ish usuli orqali g’alaba qozondi.