“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, italiyalik mutaxassis kelasi mavsumda ham “Qirollik klubi”ni boshqarishni istaydi.
Qayd etilishicha, murabbiyning Madriddagi kelajagi La Liga yoki Chempionlar Ligasida g’alaba qozonish orqali ta’minlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 65 yoshli mutaxassisning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Hozirda klub La Liga turnir jadvalida 54 ochko bilan uchinchi o’rinda bormoqda.