Saudiyaning “Al-Hilol” klubi hujumchisi Neymar faoliyatini “Chikago Fayr”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, MLS klubi rahbarlari hafta o’rtalarida Neymarning otasi va uning maslahatchisi Pini Zaxavi bilan uchrashgan.
Qayd etilishicha, “Chikago Fayr” forvardga “Inter Mayami”da Lionel Messiga yaratilgani kabi moliyaviy shart-sharoitlarni taklif qilishga tayyor, biroq Neymarning otasi yuqori maoshga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Neymar 2024-yilda “Al-Hilol” safida atigi ikki marta maydonga tushdi va jami 42 daqiqa o’ynadi.