Yengil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan divizionning amaldagi chempioni Islam Maxachevga qarshi jang oldidan o’zining hozirgi sport formasini namoyish etdi.


Eslatib o’tamiz, Maxachev va Sarukyan o’rtasidagi dastlabki jang 2019-yilning aprel oyida UFC Fight Night 149 turniri doirasida bo’lib o’tgan va unda Maxachev ochkolar hisobiga g’alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, jangchilar o’rtasidagi revansh 19-yanvar kuni Los-Anjelosda tashkil etiladigan UFC 311 turnirida bo’lib o’tadi.