Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor 49 yoshli ayolni zo’rlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko’ra, bu safargi voqea 2023-yilning 9-iyuniga to’g’ri keladi, irlandiyalik jangchi NBA finalida “Mayami Xit” va “Denver Naggets” o’rtasidagi o’yinga tashrif buyuradi.
Sudga ariza bergan ayol MakGregor uni erkaklar hojatxonasida jinsiy aloqa qilishga majburlaganini da’vo qilmoqda.
Shuningdek, arena xodimlari va xavfsizlik bo’limi beparvolik qilgani hamda Konorning harakarlariga to’sqinlik qilmagani aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, jabrlanuvchi 2023-yilning iyun oyida politsiyaga murojaat qilgan, biroq dastlab uning arizasi rad etilgan.