Kataloniyaning “Barselona” klubi “Espanyol” himoyachisi Omar El Hiloliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” 21 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda. Marokashlik himoyachining shartnomasidagi tovon puli 30 million yevro bo’lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, El Hiloli joriy mavsum La Ligada 24 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Espanyol” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.