“Liverpul” yanvar oyidagi transferlar oynasi yopilgunga qadar “Ayaks”ning 18 yoshli himoyachisi Yorrel Hatoni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, dastlab mersisaydliklar gollandiyalik futbolchini kelasi yozda xarid qilishni rejalashtirayotgandi. Biroq rahbariyat Virjil van Deykning klubdagi kelajagiga shubha qilmoqda va shuning uchun o’z qarorlarini o’zgartirishdi.
Qolaversa, “Real” va “Chelsi” ham Hatoga qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, “Ayaks” 18 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro miqdoridagi takliflarni ko’rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Hato joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.